Direktor o‘qituvchilar oyligidan «open budjet»ga 700 ming so‘mdan ushlab qolmoqchi bo‘ldi – Hilola Umarova

eʼlon qilindi
Vazir «Tashabbusli budjet» bo‘yicha ogohlikka chaqirdi
pul, open budjet
Quva tumanidagi direktor o‘qituvchilar oyligidan «open budjet»ga 700 ming so‘mdan ushlab qolmoqchi bo‘ldi – Hilola Umarova / Foto: Freepic

Maktab va maktabgacha ta’lim vaziri Hilola Umarova «Tashabbusli budjet» loyihasi doirasida tizimi xodimlarini o‘z vazifasidan tashqari ishlarga jalb qilish, turli yig‘ilish va majburiy mablag‘ yig‘imlariga majburlash holatlari kuzatilsa, bu haqda xabar berishga chaqirdi. U o‘zining Telegram kanalida shunday yozdi.

«Quva tumanidagi maktablarning birida o‘qituvchilarning oylik maoshidan «Tashabbusli budjet» loyihasi uchun ovoz yig‘ish maqsadida 700 ming so‘mdan ushlab qolish topshirig‘ini bergan maktab direktori bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi», – dedi vazir.

Agar pedagoglar bunday holatlarga duch kelsa, vazirlikka murojaat qilishga chaqirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 11-mart kuni «Tashabbusli budjet»da ovoz berish boshlangani haqida yozgandi.

Shuningdek