41 yoshli o‘zbekistonlik Seuldan $5 mlnga uy xarid qildi

eʼlon qilindi
Uy to‘lovini naqd pulda amalga oshirgan
Seul, kvartira, O'zbekiston fuqarosi
41 yoshli o‘zbekistonlik Seuldan $5 mlnga uy xarid qildi / Foto: KB Real Estate

O‘zbekiston fuqarosi Seulning Banpo tumanidagi hashamatli kvartirani $5,09 mln(7,4 mlrd von)ga sotib oldi va bu hududdagi rekord natijani qayd etdi. Bu haqda The Korea Herald gazetasi xabar berdi.

O‘zbekistonlik xaridor 2024-yilning noyabr oyida Seocho-gu tumanining Banpo-dong hududidagi Banpo Xi turarjoy majmuasining 26-qavatidan 244 kvadrat metrli kvartirani sotib olgan.

Janubiy Koreya Milliy ko‘chmas mulk reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, xaridor shu yilning 28-fevralida xonadonning mulkdorligi hujjatlarini rasmiylashtirgan. Uyni sotib olishni hech qanday kredit yoki moliyaviy qarz majburiyatisiz, naqd pul asosida amalga oshirilgan.

Gazetaning xabar berishicha, xaridorning an’anaviy koreys tabobatiga ixtisoslashgan klinikasi Toshkent shahridagi manzilda ro‘yxatdan o‘tgani aniqlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Surxondaryo va Jizzaxda ikkilamchi bozordagi yillik o‘sish 10 foizdan oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek