Qirg‘izistonda yolg‘on ma’lumot tarqatishga jarima belgilanadi
eʼlon qilindi
Jismoniy shaxslarga 20 ming som, yuridik shaxslarga 65 ming som

4-mart kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksiga «haqiqatga mos kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish» bo‘yicha yangi modda qo‘shishni taklif qildi. Bu haqda Jogorku Kenesh rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar yoki ommaviy axborot vositalarida yolg‘on ma’lumot e’lon qilingan taqdirda jarima miqdori quyidagicha etib belgilanadi:
– Jismoniy shaxslar uchun – 20 ming som;
– Yuridik shaxslarga – 65 ming som.
Ushbu qonunning maqsadi axborot xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarning aniq hamda ishonchli ma’lumot olish huquqini himoya qilishdan iborat.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘iziston sinov tariqasida raqamli somni muomalaga chiqarishi haqida yozgandi.