2025-yilda moliyaviy ta’limni maktab va oliy ta’lim dasturiga joriy etish rejalashtirilgan

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Shuningdek, tadbirkorlar uchun maxsus o‘quv materiallari ishlab chiqish ko‘zda tutilgan
2025-yilda moliyaviy ta’limni maktab va oliy ta’lim dasturlariga joriy etish rejalashtirilgan. Foto: impa.com

2025-yilda moliyaviy ta’limni maktab va oliy ta’lim muassasalari dasturlariga joriy etish rejalashtirilgan. Bu haqda Markaziy bankda OAV vakillari bilan bo‘lib o‘tgan media-muloqotda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Shuningdek, tadbirkorlar uchun maxsus o‘quv materiallari ishlab chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moliyaviy savodxonligini oshirish ko‘zda tutilgan.

Bank xizmatlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish xizmati rahbari Bahodir Mirzayevning ta’kidlashicha, joriy yilda regulyator tomonidan tijorat banklari va moliyaviy tashkilotlarning mijozlar bilan tuziladigan shartnomalari sun’iy intellekt yordamida tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, Markaziy bank hududlarda shoxobchalar tashkil etishini va ularda aholi murojaatlari bilan 3-4 nafar xodim shug‘ullanishi ma’lum qilindi. Endilikda mijozlar ushbu shoxobchalarga kelib, o‘z murojaatlarini bemalol taqdim etishlari mumkin.

2024-yilda bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tomonidan o‘rganilgan shikoyatlar natijasida huquqlari buzilgan mijozlarga jami 2,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bankning mobil ilovasi ishlab chiqilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek