Yevropa Ittifoqi AQSh mahsulotlariga boj joriy qiladi

eʼlon qilindi
13-apreldan kuchga kiradi
Foto: Vneconomy

Yevropa Ittifoqi AQShning po‘lat va alyuminiyga nisbatan kiritgan 25 foizlik bojlariga javoban 26 mlrd yevro ($28 mlrd) qiymatidagi AQSh mahsulotlariga tariflar joriy etishini e’lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bu choralarni «qattiq, ammo munosib» deb atadi va ittifoq o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga majbur ekanini ta’kidladi. Shunga qaramay Bryussel muzokaralarga ochiqligini bildirdi.

Yangi bojlar 13-apreldan kuchga kiradi va sanoat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, jumladan, po‘lat, alyuminiy, plastmassa, go‘sht va sut mahsulotlarini qamrab oladi. Ittifoq rasmiylari iqtisodiy kelishmovchilikni muzokaralar orqali hal qilish tarafdori ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy ham Kanada mahsulotlariga boj joriy qilayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek