13-mart kuni havo harorati 20 darajagacha ilishi kutilmoqda
eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin

13-mart kuni mamlakat bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo 18-20°C iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kunduzi 10-15°C atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat 15-20°C gacha ko‘tariladi.
Markaziy hududlarda, jumladan, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kunduzi 15-20°C iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryoda esa eng iliq ob-havo kuzatiladi – kunduzi 18-23°C.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida harorat 17-22°C atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda biroz yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin, havo harorati kunduzi 10-15°C iliq bo‘ladi. Shamolning tezligi 3-12 m/s oralig‘ida esadi.