Toshkentda 90 mln so‘mga dori sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

eʼlon qilindi
Zangiotada ham
dorilar , noqoqnuniy savdo
Uchtepada 90 mln so‘mga dori sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi / Foto: Pexels.com

Uchtepada noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolar xorijda ishlab chiqarilgan, sifati tasdiqlanmagan 50 quti «Cinnal F 900» dori vositasini boshqa shaxsga 90 mln so‘mga sotayotgan paytda qo‘lga olingan.

Shuningdek, ularning sherigi boshqaruvidagi avtomashinadan 26 turdagi, umumiy qiymati 168 mln so‘mlik dori vositalari topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Zangiotada ham ikki nafar shaxs sifati tasdiqlanmagan 5 turdagi 242 quti dori vositalarini 215 mln so‘mga oldi-sotdi qilayotgan vaqtida ushlangan. Ularga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fargʻonada 130 mln soʻmdan ziyod sifatisiz dorilarni muomalaga kirishining oldi olingani haqida yozgandi.

Shuningdek