Endi yuridik shaxslar kommunal to‘lovlarni onlayn to‘laydi

O‘zbekistondagi yuridik shaxslar endilikda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni mobil ilovalar orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Markaziy bank qaror qabul qildi.
Ushbu qaror bilan 2021-yil aprel oyida tasdiqlangan «O‘zbekiston hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari» to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi.
Yangi tartibga ko‘ra, yuridik shaxslar milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalangan holda kommunal to‘lovlarni onlayn shaklda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Bu esa korxonalar va tashkilotlar uchun to‘lov jarayonlarini yanada qulay hamda tezkor bo‘lishini ta’minlaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan auksion orqali yer uchastkasini ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig‘idan ozod etilishi haqida yozgandi.