«O‘zbekiston temir yo‘llari» Xitoyga rekonstruksiya uchun ikkita lokomotiv yubordi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» infratuzilmasini rivojlantirish doirasida rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan ikki lokomotiv Xitoyning Horgos shahriga muvaffaqiyatli yetkazildi.

Ushbu jarayonda «Temiryo‘lkargo» AJ yuqori darajadagi logistika hamkorligini amalga oshirdi. Maxsus avtotransport vositalari yordamida Toshkentdan Xitoyga transport operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Qiziqarli jihatlar shundaki, har biri 23 metrlik bo‘lgan ikkita lokomotiv va ularning to‘rt qismdan iborat telejkalari maxsus to‘rtta avtotransport vositasi orqali yetkazildi. Ushbu jarayon bor-yo‘g‘i 10 kun davom etdi va belgilangan manzilga o‘z vaqtida yetib bordi. Bu hamkorlik temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va logistika samaradorligini oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq temir yo‘l transportida bojxona tekshiruvi uzaytirilishi zarur bo‘lgan holatlar belgilangan edi.