Apple AirPods’ga suhbatlarni tarjima qilish funksiyasini qo‘shadi

eʼlon qilindi
Real vaqt rejimida
Foto: PCMag

Apple AirPods quloqchinlariga real vaqt rejimida suhbatni boshqa tilga tarjima qilish funksiyasi qo‘shilishi kutilmoqda. Bloomberg xabariga ko‘ra, bu imkoniyat 2025-yilda iOS 19 yangilanishi bilan joriy etiladi.

Unga ko‘ra, yangi funksiya orqali foydalanuvchilar boshqa tilda so‘zlashayotgan suhbatdoshining gaplarini avtomatik tarjima qilib, o‘z ona tilida eshitishlari mumkin bo‘ladi. Bu texnologiya Google Pixel Buds singari raqobatchi mahsulotlarda ham mavjud.

Apple hozircha rasmiy izoh bermagan bo‘lsa-da, ushbu yangilik kompaniyaning keng qamrovli dasturiy ta’minot modernizatsiyasi doirasida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple M4 chipli MacBook Air’ni taqdim etgan edi.

Shuningdek