Oʻzbekistonda «Issiqlikta’minoti» aksiyadorlik jamiyati tashkil etiladi
eʼlon qilindi
Prezident qarori qabul qilindi

«Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida «Issiqlikta’minoti» AJ tashkil etiladi hamda vazirlikka issiqlik ta’minoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritishni yuklanadi.
2025-yil 1-iyundan:
- Moliyalashtirish manbasidan qat’i nazar, qurilishda texnik shartlar olinishi talab etiladigan bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, muqobil issiqlik tizimlari va energiya tejovchi uskunalarni majburiy oʻrnatish sharti kiritiladi.
- Koʻp kvartirali uy-joylar va boshqa binolarda ichki issiqlik va issiq suv tarqatish tizimlari toʻliq qurilishi hamda hisoblagichlar oʻrnatilishi majburiy boʻladi.
- Markazlashgan issiqlik ta’minoti mavjud hududlarda yangi qurilayotgan koʻp kvartirali uylar, ma’muriy binolar, ijtimoiy soha obyektlari, sanoat va tadbirkorlik subyektlari issiqlik tarmoqlariga ulanishi shart qilib belgilanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ko‘p qavatli binolarda isitish tizimi qo‘shnilarning qarzlari uchun o‘chirilmasligi haqida xabar bergan edi.