UzAirwaysʼning Toshkent – ​​Nijniy Novgorod reysi kechtirildi

eʼlon qilindi
Bunga cheklovlar sabab bo‘lgan
Uzbekistan Airwaysʼning reysi kechikadi
Uzbekistan Airwaysʼning reysi kechikadi/ Foto: Uzbekistan airports

Uzbekistan Airways Toshkent – Nijniy Novgorod yoʻnalishi boʻyicha reysini kechiktirishga majbur boʻldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Nijniy Novgorod xalqaro aeroportida joriy etilgan cheklovlarni inobatga olib, Toshkent – ​​Nijniy Novgorod yoʻnalishi boʻyicha HY9672 reysi kechiktirilishga majbur boʻlingan. Uzbekistan Airways jadval haqida qoʻshimcha ma’lumot berilishini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, 11-mart kuni ertalab Moskvada «Kover» dron hujumini qaytarish rejasi taqdim etilgani natijasida Toshkentdan uchgan HY-611 reysi va Urganchdan uchgan HY-9615 reys belgilangan manzilga qoʻna olmagan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fargʻona aeroportida S7 Airlines samolyotining qoʻnish moslamasi shikastlangani haqida yozgan.

Shuningdek