Raqobat qo‘mitasi KFC’ni jarimaga tortdi

eʼlon qilindi
«Ung petro» MCHJ (Carvon), «Central asia voyages-Cav» MCHJ (savdo markazi) va «Hamkor reklama servis» MCHJlarni ham
Raqobat qo'mitasi, KFC
Raqobat qo‘mitasi KFC’ni jarimaga tortdi / Foto: REUTERS/Kim Kyung-Hoon

Toshkent shahrida reklama qonunchiligi talablariga rioya etilishi yuzasidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida bir nechta korxonalar moliyaviy jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar qildi.

Unga ko‘ra, «Ung petro» MCHJ (Carvon), «International foodchain» MCHJ (KFC), «Central asia voyages-Cav» MCHJ (savdo markazi) va «Hamkor reklama servis» MCHJlarga ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobat qo‘mitasi savdo, gaz ta’minoti va bank xizmatlari bo‘yicha fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar asosida mablag‘larni qaytarish ishlarini amalga oshirgani haqida yozgandi.

Shuningdek