«Yangi Toshkent» uchun qo‘shimcha yer maydoni ajratildi

eʼlon qilindi
Yuqori Chirchiq tumanidan 122,3 gektar yer maydoni
Yangi Toshkent
«Yangi Toshkent» uchun qo‘shimcha yer maydoni ajratildi / Foto: Cross work

Toshkent viloyati hokimining qaroriga ko‘ra, «Yangi Toshkent» shahrini barpo etish maqsadida Yuqori Chirchiq tumanidan 122,3 gektar yer maydoni ajratildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Yer maydonlari «Bordonko‘l» hududidan 75,22 gektar, «Do‘stlik» hududidan 47,1 gektar ajratilgan.

Ma’lumot uchun, shu kungacha 220 gektardan ortiq yer maydoni «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi»ga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan.

Shuningdek, unga ko‘ra betonchi, payvandchi, santexnik, g‘isht teruvchi, elektrik, suvoqchi kabi 38 ta yo‘nalish bo‘yicha 10 mingga yaqin ishchilar jalb qilinadi.

Oylik maosh 8 – 15 million so‘mni tashkil etadi. Ishchilar yotoqxona, maxsus kiyim-kechak, transport va uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan loyiha doirasida ish izlayotganlarga Telegram bot ishga tushgani haqida yozgandi.

Shuningdek