AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi bojlar to‘qnashuvi biznesga $9,5 trlnlik xavf tug‘diradi

AQSh va Yevropa o‘rtasidagi bojlar mojarosi har yili $9,5 trillionlik transatlantik biznesni xavf ostiga qo‘yadi. Reutersning xabar berishicha, bu haqda Amerika savdo-sanoat palatasi bayonotida qayd etilgan.
Amerika savdo-sanoat palatasi Yevropa Ittifoqi o‘zining yillik transatlantik iqtisodiyot hisobotida 2024-yilda $2 trillionlik tovarlar va xizmatlar savdosi kabi rekordlarga erishilganini hamda munosabatlarning yanada chuqurlashganini ta’kidlagan.
Shuningdek, hisobotda 2025-yil dunyodagi eng yirik tijorat munosabatlari uchun xavfli yil bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.
Amerika savdo-sanoat palatasi savdo mojarosining ta’siri uzoq yillik yaqin iqtisodiy aloqalarga zarar yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Hisobotning yetakchi muallifi Daniel Hamiltonning so‘zlariga ko‘ra, Irlandiyaning qariyb 90 foizini va Germaniya savdosining 60 foizini tashkil etuvchi firma ichidagi savdo jiddiy zarar ko‘rishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Yevropa Ittifoqi AQShning po‘lat va alyuminiyga nisbatan kiritgan 25 foizlik bojlariga javoban 26 mlrd yevro ($28 mlrd) qiymatidagi AQSh mahsulotlariga tariflar joriy etishini e’lon qildi. Sal oʻtib Donald Tramp Yevropa Ittifoqi sharob va spirtli ichimliklarga 200 foizlik tariflar qoʻyish bilan tahdid qilgan.