Davlat idoralarining Cadillac va Toyota Land Cruiser avtomobillari auksionga qo‘yildi

eʼlon qilindi
Cadillac 246 mln so‘m, Toyota Land Cruiser 471 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan
Davlat idoralarining Cadillac va Toyota Land Cruiser avtomobillari auksionga qo‘yildi / Foto: Toyota Land Cruiser 300

O‘zbekistonda davlat idoralarining xizmat avtomobillari auksionga qo‘yilmoqda. Bu qaror Prezident Shavkat Mirziyoyevning 5-martdagi yig‘ilishida davlat idoralarining xizmat mashinalaridan foydalanishni kamaytirish va mahalliy avtomobillarga o‘tish zarurligini ta’kidlaganidan so‘ng amalga oshirildi.

Jumladan, prezident administratsiyasiga qarashli Cadillac avtomobili 246 mln so‘m boshlang‘ich narxda savdoga chiqarildi. Auksionda qatnashish uchun arizalar 25-mart kuni 09:00 gacha qabul qilinadi, savdo jarayoni 10:00 da boshlanadi. Avtomobil 2016-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, 217 ming kilometrdandan ortiq masofani bosib o‘tgan.

Davlat idoralarining Cadillac va Toyota Land Cruiser avtomobillari auksionga qo‘yildi / Foto: e-auksion

Shuningdek, “Agroinspeksiya» balansidagi Toyota Land Cruiser 471 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan joylashtirildi. Arizalar 14-aprel kuni soat 09:00 gacha qabul qilinadi va shu kuni 10:00 da savdo boshlanadi. Ushbu avtomobil 2015-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, 381 ming kilometr masofani bosib o‘tgan.

Davlat idoralarining Cadillac va Toyota Land Cruiser avtomobillari auksionga qo‘yildi / Foto: e-auksion

Hozirda barcha davlat tashkilotlari bosqichma-bosqich milliy avtomobillarga o‘tmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Alisher Usmonovning villasi Germaniyada eng qimmat koʻchmas mulk sifatida sotuvga qoʻyilgani haqida yozgandi.

Shuningdek