Avtobus yo‘laklaridagi qoidabuzarliklar uchun jarima miqdori ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
BHMning bir barobari – 375 ming soʻm
Avtobus
Avtobus yo‘laklaridagi qoidabuzarliklar uchun jarima miqdori ma’lum bo‘ldi / Foto: Transphoto.org

Senatining navbatdagi yalpi majlisida yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash va jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

Unga ko‘ra, jamoat transportiga ajratilgan yo‘laklarda boshqa transport vositalari harakatlansa, haydovchilar bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari(375 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi. Xuddi shu qoidabuzarlik bir yil ichida takrorlansa, jarima 3 baravar(1 mln 125 ming so‘m)ga oshadi.

Shuningdek, trotuar, velosiped yo‘laklari va yashil hududlarda mashina haydash, yo‘l harakati qoidalarini buzish uchun javobgarlik belgilandi.

Shu bilan birga, noqonuniy sun’iy to‘siqlar o‘rnatish va yo‘llarni to‘sib qo‘yish ham taqiqlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda bir qator avtobus yoʻnalishlariga oʻzgartirish kiritilgani haqida yozgandi.

Shuningdek