Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga hamdardlik bildirdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Tornado oqibatida halok boʻlganlar uchun

Shavkat Mirziyoyev AQSHning markaziy va janubiy shtatlarida roʻy bergan tornadolar oqibatidagi halokatlar sababli amerikalik hamkasbi Donald Trampga ta’ziya maktubini yoʻlladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va birdamlik, jarohat olganlar esa tez fursatda shifo topishini tilagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Putin bilan yangi muloqot sanasini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.