Prezident ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti va qishloq xo‘jaligiga oid muhim vazifalarni belgiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti va qishloq xo‘jaligiga oid dolzarb masalalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Bu yil 1619 km ichimlik suvi va 521 km oqova tarmoqlari tortiladi, natijada 715 ming aholi toza suv bilan ta’minlanadi. Fransiyaning «Suez» kompaniyasi Surxondaryo viloyatidagi 4 tumanda suv tizimini xususiy boshqaruvga oladi.
5 yilda 19 trln so‘m ajratilib, markazlashgan issiqlik qamrovi 37 foizdan 58 foizga oshiriladi. 9 mingta bino yopiq isitish tizimiga o‘tkaziladi, natijada gaz iste’moli 20 foizga kamayadi.
Auksionda sotilmagan yerlar narxi har kuni 10 foiz pasayadi, bitta ishtirokchi qatnashsa ham g‘olib bo‘ladi. Paxta va g‘alladan ko‘p hosil olgan fermerlarga yerining 25 foizida boshqa ekinlar ekishga ruxsat beriladi.
Bahorda 125 mln tup ko‘chat ekiladi, mahallalarda «mahalla-servis» kompaniyalari tashkil etilib, 15 ming kishining bandligi ta’minlanadi. Ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun 700 mlrd so‘m ajratildi.
Prezident mutasaddilarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev ShHT bosh kotibi bilan xavfsizlikni muhokama qilgani haqida xabar bergan edi.