O‘zbekistonda bino-inshootlarni issiqlik bilan ta’minlash uchun 370 mlrd so‘m ajratiladi

eʼlon qilindi
103 ta qozonxona va 1,6 ming km issiqlik tarmoqlari yangilanadi
issiqlik
O‘zbekistonda bino-inshootlarni issiqlik bilan ta’minlash uchun 370 mlrd so‘m ajratiladi / Foto: Gorodplus.com

11-mart kuni qabul qilingan prezident qarori bilan bino-inshootlarni barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlash choralari belgilandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, Chinoz va Oltiariq tumanlariga issiqlik nasoslari, quyosh panellari va energiya tejamkor uskunalar joylashtiriladi. Har bir viloyatda 100 ta yakka tartibdagi uy-joy izolyatsiyalanib, energiya tejovchi oyna va eshiklar o‘rnatiladi.

Buxoroda davlat obyektlariga issiqlik nasoslari va quyosh panellari joriy etiladi. Respublikaning barcha davlat bog‘chalariga esa quyosh suv isitish uskunalari(geliokollektorlar) quriladi.

Shuningdek, bu yil 8,7 mingta individual issiqlik punkti o‘rnatilib, 103 ta qozonxona va 1,6 ming km issiqlik tarmoqlari yangilanadi. To‘qqizta issiqlik ta’minoti tizimi davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilinadi.

Ushbu jarayonni yoʻlga qoʻyish uchun 320 mlrd so‘m hamda «yopiq tizim»ga oʻtkazish uchun qoʻshimcha 50 mlrd soʻm ajratilishi rejalashtirilgan. Dastlab Andijon, Samarqand, Shahrisabz shaharlari, Boʻstonliq va Nurobod tumanlarida loyihalarni amalga oshirish boshlanadi.

Ma’lumot uchun, respublikada energiya iste’molining 50 foizi binolarga to‘g‘ri kelsa, shundan 70 foizi isitish uchun sarflanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti va qishloq xo‘jaligiga oid muhim vazifalarni belgilagani haqida yozgandi.

Shuningdek