Uzbekistan Airways Sochiga qo‘shimcha reysni amalga oshiradi

eʼlon qilindi
Faqat 22-mart kuni
Toshkent – Sochi – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha qatnov amalga oshiriladi/Foto: BoneKot/Depositphotos

Uzbekistan Airways faqatgina 22-mart kuni Toshkent – Sochi – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha reysni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Reys vaqti quyidagicha:

  • Toshkentdan joʻnab ketish soat 15:35, Toshkent vaqti bilan.
  • Sochiga yetib borish soat 17:30, Sochi vaqti bilan.
  • Sochidan joʻnab ketish soat 19:00, Sochi vaqti bilan.
  • Toshkentga yetib kelish soat 23:25, Toshkent vaqti bilan.

Chiptalarni booking.uzairways.com sayti, ilova, Uzbekistan Airways Sales filiali yoki aviakompaniya agentlari orqali xarid qilish mumkin.

Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent – Parij yoʻnalishida qoʻshimcha reyslar yoʻlga qoʻyilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek