21 – 27-mart kuni barcha teatrlarga kirish bepul boʻladi
eʼlon qilindi
Xalqaro teatr kuni munosabati bilan

21 – 27-mart kunlari Oʻzbekistondagi barcha davlat teatrlarida «Teatr tomoshalari haftaligi» oʻtkaziladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Hafta davomida teatrga tashrif buyuruvchilar uchun turli spektakl va ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan. Oʻsha kunlari teatrlar bepul xizmat koʻrsatadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oʻzbekistonda «Saudiya madaniyati kunlari» tashkil etilishi haqida yozgan edi.