Kichik va o‘rta sanoat korxonalari uchun loyiha ofislari ochiladi

eʼlon qilindi
Respublikaning 20 ta tumanida
Shavkat Mirziyoyev
Kichik va o‘rta sanoat korxonalari uchun loyiha ofislari ochiladi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Respublikaning 20 ta tumanida kichik va o‘rta sanoat korxonalarini rivojlantirish uchun loyiha ofislari tashkil etiladi. Bu haqda prezident kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Ushbu ofislarga xorijiy muhandis, texnolog, dizayner, buxgalter va marketologlar jalb qilinib, loyihani amalga oshirish uchun bu yilda 100 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi. Bu ofislar korxonalarga tannarxni tushirish, sifat va texnologiyani yaxshilashga, ularni yiriklashtirib, sanoat darajasiga olib chiqishga ko‘maklashishga yo‘naltiriladi.

Kichik biznes uchun yangi «drayver» bo‘lgan uskunalar, tibbiy vositalar, elektronika, logistika yo‘nalishlari bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ayrim tadbirkorlarga 10 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan obyektlar besh yilga bepul ijaraga berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek