Shavkat Mirziyoyev Navro‘z saylida ishtirok etdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
shavkat mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev Navro‘z saylida ishtirok etdi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Bektemir tumanidagi Rohat mahallasiga tashrif buyurib, Navro‘z bayrami saylida qatnashdi.

Prezident korxonalar faoliyati, mahalladagi infratuzilma va aholi turmush darajasi bilan tanishdi. Shuningdek, sumalak saylida qatnashib, nuroniylar bilan samimiy suhbatlashdi. U tinchlik va osoyishtalikni saqlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni ta’lim va ma’naviyatga yo‘naltirish muhimligini ta’kidladi.

«Mahallangizdagi obodlikni ko‘rib, mamnun bo‘ldim. Odamlarning daromadini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va yoshlar siyosatida hali ko‘p ish qilishimiz kerak. Ta’lim va ma’naviyatga e’tibor berish farovon jamiyat garovidir», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Rohat mahallasida maktablar, litsey, san’at maktabi va «Barkamol avlod» markazi faoliyat yuritmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Fransiyaning Faxriy legion ordeni bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek