Olmazor tumanidagi qurilishdagi hodisa bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

eʼlon qilindi
bino
Olmazor tumanidagi qurilishdagi hodisa bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi / Foto: Olmazor tuman hokimligi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasida qurilish binosi qulab tushgani haqida tarqalgan videolar bo‘yicha rasmiy izoh berildi.

Mutasaddi tashkilotlarning voqea joyida olib borgan o‘rganishlari natijasida, bino qulamagani, balki opalovka (qolip) o‘rnatishda texnik xatolarga yo‘l qo‘yilgani sababli beton quyish jarayonida ulardan ayrimlari qulab tushgani aniqlangan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu hodisa natijasida na ishchilarga, na atrofdagi fuqarolarga zarar yetgan. Hozirda tegishli tashkilotlar qurilish normalariga rioya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha chuqur o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Navroʻz bayramida arzonlashtirilgan yarmarkalar Olmazor tumanida ham tashkil etilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek