O‘zbekistonda kibersport bo‘yicha milliy saralash turniri e’lon qilindi – video

eʼlon qilindi
Ishtirokchilar 26-martdan 10-aprelgacha ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi
O‘zbekistonda IESF WEC 2025 Milliy Saralash turniri e’lon qilindi / Foto: Skrinshot

O‘zbekistonda kibersport bo‘yicha eng yirik musobaqalardan biri – «IESF World Esports Championship – 2025» (WEC 2025) milliy saralash bosqichiga start berildi.

Ushbu nufuzli turnirni Xalqaro kibersport federatsiyasi (IESF) tashkillashtiradi va O‘zbekistonning eng kuchli kibersportchilari unda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Musobaqada PUBG Mobile, Mobile Legends: Bang Bang (MLBB) erkaklar va ayollar jamoalari hamda eFootball yo‘nalishlarida qatnashish mumkin. Ishtirokchilar 26-martdan 10-aprelgacha ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish havolalari:
🔹 PUBG MobileRo‘yxatdan o‘tish
🔹 MLBB AyollarRo‘yxatdan o‘tish
🔹 MLBB ErkaklarRo‘yxatdan o‘tish
🔹 eFootballRo‘yxatdan o‘tish

Turnir reglamenti bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: IESF WEC 2025 reglamenti

Musobaqaning eng kuchli ishtirokchilari O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritilib, jahon chempionatida mamlakat sharafini himoya qiladi. CS2 va Dota 2 bo‘yicha saralash bosqichi o‘tkazilmaydi, bu yo‘nalishlar uchun jamoa tarkibi individual natijalar asosida shakllantiriladi.

Turnirda faqat 16-yoshdan katta ishtirokchilar qatnasha oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nodirbek Abdusattorov NAVI shaxmat jamoasiga qo‘shilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek