Javohir Sindarov Titled Tuesday turniri g‘olibiga aylandi

26-mart 2025 12:57 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Javohir Sindarov
Javohir Sindarov Titled Tuesday turniri g‘olibiga aylandi / Foto: Olamsport

O‘zbekistonlik shaxmat grossmeysteri Javohir Sindarov nufuzli Titled Tuesday onlayn turnirida g‘alaba qozondi.

Har hafta seshanba kuni o‘tkaziladigan ushbu musobaqada dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etadi.

Javohir Sindarov kecha bo‘lib o‘tgan navbatdagi turnirda 11 ta partiyadan 9,5 ochko jamg‘arib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Hindistonning amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju, uchinchi pog‘onani esa amerikalik Hikaru Nakamura egalladi.

Foto: Skrinshot

Sindarov turnir davomida shaxmat afsonasi Magnus Karlsenni yana bir bor mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. G‘alaba unga $1000 miqdoridagi mukofotni taqdim etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha Fisher nomidagi turnirning chorak finaliga chiqqani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek