O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun «Biznes-barometri» so‘rovnomasi boshlandi

O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlarning duch kelayotgan muammolarini aniqlash maqsadida «Biznes-barometri» so‘rovnomasi tashkil etilgan. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
So‘rovnomada respublikadagi tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar, mavjud to‘siqlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganiladi.
Har bir kompaniyadan faqat bitta vakil ishtirok etishi mumkin. Javoblarning maxfiyligi kafolatlanadi va ma’lumotlar umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi. Natijalarning ishonchliligini ta’minlash uchun oddiy identifikatsiya tizimi joriy etilgan.
So‘rovnomada ishtirok etish etish uchun havola.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ayrim tadbirkorlarga 10 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan obyektlar besh yilga bepul ijaraga berilishi haqida yozgandi.