O‘zbekistonning San-Marinodagi birinchi elchisi tayinlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi ma'lum qildi
O‘zbekistonning San-Marinodagi birinchi elchisi tayinlandi / Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekistonning San-Marinoga tayinlangan birinchi elchisi Abat Fayzullayev (qarorgohi Rimda joylashgan) mazkur davlat rahbarlari – Kapitan-regentlar Francheska Chiverkya va Dalibor Rikkardiga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi ma’lum qildi.

Tantanali marosimda San-Marino tashqi ishlar vaziri Luka Bekkari so‘zga chiqib, akkreditatsiyadan o‘tgan elchilarni olqishladi. U O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlarni hamda San-Marino bilan aloqalarni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.

Shuningdek, O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish bo‘yicha olib borayotgan siyosati e’tirof etildi. Tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, huquqiy bazani mustahkamlash va xalqaro tashkilotlar doirasida qo‘llab-quvvatlash borasida kelishuvlarga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va San-Marino o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 2021-yil 3-fevralda o‘rnatilgan. Abat Fayzullayev 2023-yil noyabr oyidan buyon O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi, shuningdek, 2024-yil dekabrdan Kipr elchisi sifatida ham faoliyat yuritmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nauruva Oʻzbekiston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek