Xitoyda raketalarni uchirish uchun elektromagnit tizimi taqdim etiladi

eʼlon qilindi
2028-yildan
raketa uchirish
Xitoyda raketalarni uchirish uchun elektromagnit tizimidan foydalaniladi / Foto: Unspalsh

Xitoyda Galactic Energy kompaniyasi tomonidan raketalarni uchirish uchun elektromagnit tizimi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda South China Morning Post (SCMP) xabar bermoqda.

Ushbu tizim 2028-yilga kelib joriy etilishi kutilmoqda. U magnit levitatsiya (maglev) texnologiyasi asosida ishlaydi. Magnit maydon yordamida raketani yuqori tezlikda harakatlantirishni ta’minlaydi. Tizimda ishlatiladigan oʻzgarmas magnitlar raketani yer yuzasidan uchirish jarayonida uning tezligini tovush tezligidan oshiradi.

Bu yangi texnologiyaning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, u raketaning uchishini yanada samarali qilish imkonini beradi. Tizimning ishlash prinsipi shovqinni minimallashtirishga yordam beradi. Shuningdek, elektromagnit tizimi raketa yonilgʻisini tejash imkonini yaratadi, bu esa uning uchirish narxini kamaytiradi.

Bu texnologiya kichik raketalar uchun ideal boʻlib, ularga tezda va aniq uchish imkonini yaratadi. Galactic Energy kompaniyasi ushbu tizimni sinovdan oʻtkazish va tizimni real sharoitda joriy qilish boʻyicha ishlarni davom ettirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xitoy rahbari iyun oyida AQShga tashrif buyurishi haqida yozgan edi.

Shuningdek