
Samsung kompaniyasi uzoq kutilgan Samsung S25 Edge smartfonining rasmiy koʻrinishini e’lon qildi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.


Qurilma Xitoyning 3C regulyatoridan sertifikat oldi. Smartfon 25 Vt quvvatga ega. Bundan tashqari, yangi mahsulot 6,7 dyuymli ekrandan iborat.
Model Qualcomm Snapdragon 8 Elite protsessori bilan chiqarildi. Shunga oʻxshash chip Galaxy S25 smartfonlarining yangilangan qatoriga oʻrnatilgan.
Smartfonning qalinligi 6,4 mmni tashkil qiladi. Kameralardan biri 200 megapikselli boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Galaxy S25 Edge titan qotishmasidan iborat ramkaga ega boʻlishi mumkinligi haqida yozgan edi.