1-aprel – daromad solig‘i deklaratsiyasini topshirishning oxirgi muddati
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Hujjat my3.soliq.uz shaxsiy kabineti orqali topshiriladi

O‘zbekiston rezidentlari 2024-yilda olgan daromadlari bo‘yicha yillik deklaratsiyani 1-aprelgacha topshirishi va 1-iyungacha soliq to‘lashi shart.
Deklaratsiya my3.soliq.uz shaxsiy kabineti orqali topshiriladi: my3.soliq.uz
Soliqni «Soliq» mobil ilovasi yoki boshqa to‘lov tizimlari orqali to‘lash mumkin (to‘lov kodi – 172).
Deklaratsiyani kimlar topshirishi kerak?
- 36 oydan kam egalik qilgan ko‘chmas mulkni sotgan shaxslar
- Yaqin bo‘lmagan qarindoshlardan meros olganlar
- Dividend, foiz, royalti yoki moddiy manfaat olganlar
- Chet eldan yoki soliq agentlari orqali boshqa manbalardan daromad olganlar
O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan xorijliklar ham deklaratsiya topshirishlari shart.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan barcha farmatsevtika va tibbiyot kompaniyalari QQS to‘lovchisiga aylanishi haqida xabar bergan edi.