TikTok asoschisi Xitoyning eng boy odamiga aylandi

eʼlon qilindi
Uning boyligi $57,5 milliardga yetgan
TikTok asoschisi Xitoyning eng boy odamiga aylandi. Foto: Solen Feyissa / Unsplash

ByteDance kompaniyasi asoschisi Chjan Imin ilk bor Xitoyning eng boy odamlari reytingida yetakchilik qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Ma’lum qilinishicha, uning boyligi 2024-yil boshidan buyon $13,6 milliardga oshib, Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga koʻra, 27-mart holatiga koʻra, $57,5 milliardga yetgan.

Undan keyingi oʻrinlarni Tencent Holdings hammuassisi Poni Ma egallab, uning boyligi $56,6 milliardga baholangan. Uchinchi pogʻonada esa qadoqlangan suv va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi Nongfu Spring kompaniyasi rahbari Chjun Shanshan $54,1 milliard bilan joy olgan.

Shuningdek, Chjan Imin hozirda Osiyoning eng boy insonlari roʻyxatida uchinchi oʻrinda turibdi. Undan oldinda faqatgina hindistonlik biznesmenlar – Mukesh Ambani ($90,9 milliard) va Gautam Adani ($72,3 milliard) joylashgan.

Chjan Imin boyligining asosiy qismi uning TikTok va ByteDance kompaniyasidagi ulushi bilan bogʻliq. 2024-yil may holatiga koʻra, tadbirkor kompaniya aksiyalarining 21 foiziga egalik qilgan. Bloomberg ma’lumotlariga koʻra, ByteDance auditoriyasi 1 milliarddan ortiq foydalanuvchilarga ega va uning 2023-yildagi daromadi $110 milliarddan oshgan.

Ma’lumot uchun: ByteDance 2012-yilda Zhang Yiming va Liang Rubo tomonidan tashkil etilgan. Kompaniya shtab-kvartirasi Pekinda joylashgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda bloklangan TikTok qariyb milliard soʻm soliq toʻlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek