AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu noqonuniy migrantlarga tegishli
                    
                            
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik respublikadan kelgan noqonuniy muhojirlarni o‘z uylariga qaytishga va deportatsiyani kutmaslikka chaqirdi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lum qildi.
Elchi minglab o‘zbekistonlik AQSh hududida noqonuniy yo‘llar orqali kelib, istiqomat qilayotganini aytdi. Bunday fuqarolar hibsga olinishi, immigratsiya qamoqxonalariga joylashtirilishi va deportatsiya qilinishi mumkinligini eslatdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh o‘zbek muhojirlarini Panamaga deportatsiya qilgani haqida yozgandi. Shuningdek, oʻzbekistonlik 19 nafar noqonuniy muhojir Saudiya Arabistonidan oʻz vataniga qaytarilgandi.
 
            