Tesla o‘zining arzon akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni boshladi

eʼlon qilindi
Kompaniya ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga katta e’tibor qaratmoqda
Tesla eng arzon akkumulyatorlarini
Tesla o‘zining eng arzon akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni boshladi / Foto: Skrinshot

Tesla arzon akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda Teslatarati nashri malum qildi.

Tesla Texasdagi Gigafactory’da 4680 akkumulyator ishlab chiqarishni kengaytirdi. Ularning bir kilovatt-soati bo‘yicha narxi raqobatchilardan past. Kompaniya ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga katta e’tibor qaratmoqda. Bu esa uchinchi tomon etkazib beruvchilarga bog‘liqlikni kamaytirmoqda. Natijada elektromobil narxlari kelajakda yanada arzonlashadi.

Tesla bu turdagi batareyani ilk bor 2020-yilda e’lon qilgan edi. Uning o‘lchami 46 x 80 millimetr silindrsimon shaklda bo‘ladi. Avvalgi 2170 formatga nisbatan energiya sig‘imi besh baravar katta. Quvvati ham olti barobar oshgan bo‘lib, samaradorlikni ta’minlaydi. Tesla uni Gigafactory’da katta hajmda ishlab chiqarmoqda.

Tesla menejeri Maykl Guilfoy LinkedIn sahifasida bu haqda ma’lumot berdi. U natijani chidamlilik, ishtiyoq va qat’iyat mehnati deb atadi. Ular 2025-yilga kelib to‘liq quruq ishlab chiqarishga o‘tishni rejalashtirmoqda. Ilon Mask ham bu yutuqni ommaga e’lon qilgan edi. Kompaniya ichida bu katta bayram sifatida qaralmoqda.

Tesla hali ham Panasonic va LG Energy’dan batareyalar xarid qiladi. Shunga qaramay o‘z ishlab chiqarish hajmini doimiy oshirib bormoqda. 2024-yil sentabrda kompaniya 100 mln dona ishlab chiqarganini bildirdi. Bu esa ichki quvvatlarning imkoniyatini ko‘rsatib bermoqda. Yangi maqsad esa to‘liq ichki ta’minotni yo‘lga qo‘yishdir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD avtomobil savdosida Teslani ortda qoldirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek