BYD 9-aprel kuni ikkita yangi modelini taqdim etadi

7-aprel 2025 13:13 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
BYD
BYD 9-aprel kuni ikkita yangi modelini taqdim etadi / Foto: BYDGlobal

BYD kompaniyasi Han L va Tang L yangi flagman elektromobillari chiqarilishini e’lon qildi. Ularning rasmiy premyerasi 9-aprelda boʻlib oʻtadi.

Ikkala model ham eng soʻnggi elektron avlod arxitekturasida yaratilgan boʻlib, 1000V zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu atigi 5 daqiqada 400 km gacha quvvat zaxirasini toʻldirish imkonini beradi.

Han L va Tang L ning yuqori versiyalari maksimal quvvati 580 kVtgacha va aylanish tezligi 30 511 rpm gacha boʻlgan elektr motorlar bilan jihozlangan. 100 km/soat tezlashishi taxminan 2 soniya davom etadi. Ularning maksimal tezligi 300 km/soatdan oshadi.

Han L oʻlchamlari: 5050 × 1960 × 1505 mmni tashkil etadi. Gʻildirak bazasi 2970 mm. Tang L esa biroz balandroq va kengroq boʻlib, oʻlchamlari 5040×1996×1760 mm va gʻildirak bazasi 2950 mm.

Modellarning narxi haqida kompaniya biror izoh bergan emas.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD avtomobil savdosida Teslani ortda qoldirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek