Euronews Toshkentda yangi ofis ochishini e’lon qildi
eʼlon qilindi
Kompaniya respublikada ishlash uchun produser izlamoqda

Euronews Toshkentda yangi ofis ochishini ma’lum qildi. Kompaniya LinkedIn’dagi rasmiy sahifasida bu haqda ma’lumot berdi.
Euronews saytida kompaniyaning Toshkentdagi jamoasi prodyuser qidirayotgani haqida xabar berilgan. Ish boshlanishining taxminiy sanasi — 2025-yil 1 may.
Euronews 1993-yilda Fransiyada tashkil topgan xalqaro yangiliklar tarmog‘idir. U 160 dan ortiq mamlakatda efirga uzatiladi. Kompaniya dunyo bo‘ylab siyosiy va iqtisodiy yangiliklarni yoritadi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Euronews telekanaliga bergan intervyusida telekanal bilan aloqalar yo’lga qo’yilishi aytib o’tilgan edi.