Tramp joriy qilgan tariflarini davo deb atadi
eʼlon qilindi
U oʻz qaroridan qaytmoqchi emas

AQSh prezidenti Donald Tramp oʻzi kiritgan tariflarni davo deb atadi. Uning soʻzlaridan Associated Press iqtibos keltirmoqda.
Oq uy rahbari boshqa davlatlar Amerika bilan savdoni tenglashtirmaguncha oʻz qaroridan qaytish niyatida emasligini qoʻshimcha qildi.
«Baʼzan biror narsani tuzatish uchun dori ichishga toʻgʻri keladi», — deya vaziyatga izoh bergan Tramp.
Joriy qilingan tariflar tufayli jahon bozorlari keskin pasayishda davom etmoqda. 7-aprel kuni Nikkei 225 indeksi 6 foizga, avstraliyalik ASX 200 4 foizga, Koreya Kospisi esa 4,7 foizga pasaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Amerikalik milliarder Bill Ekman tariflarning halokatli taʼsirini yadro urushi oqibatlari bilan taqqoslagani haqida yozgan edi.