UzAirways to‘rtinchi LET L-410 havo kemasini qabul qildi
eʼlon qilindi
Mahalliy reyslar uchun

7-aprel kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi to‘rtinchi LET L-410 samolyotini qabul qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Silk Avia brendi ostida parvoz qilayotgan LET L-410 rusumidagi havo kemalari tijoriy foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Hozirgi kunda uchta samolyot Nukus – Mo‘ynoq – Nukus, Toshkent – Shahrisabz – Toshkent hamda Toshkent – Zomin – Toshkent yo‘nalishlarida qatnovni amalga oshirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan SF Airlines aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ygani haqida yozgandi.