Airbus yangi avlod samolyotlari rejalarini oshkor qildi

eʼlon qilindi
Kompaniya oyiga 75 ta samolyot ishlab chiqarishni rejalashtirgan
Airbus yangi avlod samolyotlari
Airbus yangi avlod samolyotlari rejalarini oshkor qildi / Foto: Pete Syme / BI

Airbus yangi avlod avialaynerlari haqida batafsil rejalarni e’lon qildi. Bu haqda Biznesinsayder nashri malum qildi.

Kompaniya samolyotlarni samaraliroq va ekologik jihatdan toza qilishni maqsad qilgan. Tuluzadagi sammitda Airbus rahbari bu yo‘lda radikal innovatsiyalarni tanlaganini aytdi. Yangi dvigatellardan tortib, avtonom boshqaruvgacha bo‘lgan texnologiyalar kiritilishi rejalashtirilgan.

Kompaniya vodorodli modeldan voz kechib, gibrid dvigatellarni tanladi. Airbus bu qarorni samaradorlik va real yechimlar asosida qabul qilgan.

«Gap oddiy modernizatsiya emas, balki butunlay yangi dizaynlar haqida», – dedi kompaniyaning CEO bo‘yicha rahbari Giyom Fori.

Boeing bilan raqobatda yutish uchun qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Airbus va CFM 2030-yilda ochiq fan dvigatellarini sinovdan o‘tkazadi. Sinovlar A380 samolyotida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. GE-Safran ishlab chiqqan dvigatellar bypass nisbatini 60:1 ga yetkazadi. Bunday natija dvigatel samaradorligini sezilarli oshiradi.

Yoqilg‘i tejashda bukiluvchi qanotlar ham muhim rol o‘ynaydi. Kengroq qanot parvozda samaradorlikni oshiradi, lekin yerda muammo bo‘ladi. Aeroport darvozalariga sig‘ish uchun ularni bukish zarur. Boeing 777X modelida allaqachon bunday texnologiya mavjud.

Kompaniya oyiga 75 ta samolyot ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Bu ko‘rsatkichga faqat avtomatlashtirish orqali erishish mumkin. Shuning uchun robot texnologiyalari keng joriy qilinadi. Avtomatlashtirish jarayonlarga tezlik va aniqlik olib kiradi.

AI tizimi yo‘nalishlarni optimallashtirishga yordam beradi. Ob-havo va turbulentlikni oldindan aniqlab beradi. Natijada xavfsizlik oshib, yoqilg‘i tejaladi. Bu esa operatsion xarajatlarni kamaytirishga olib keladi. Airbus vakillari birinchi parvoz 10 yildan keyin bo‘ladi deyishmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Asman Airlines O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek