Wuling ming km yuradigan 9,4 minglik minivenini taqdim etdi

8-aprel 2025 14:21 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Wuling 1000 km yuradigan
Wuling ming km yuradigan 9,4 minglik minivenini taqdim etdi / Foto: Wuling

Wuling ming km dan ortiq masofani bosib o’ta oladigan yangi Hongguang Extended-range minivenini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Narxi $9,4 mingdan boshlanadi. Model 5 va 7 o‘rindiqli uch xil versiyada taqdim etilgan.

Miniven 8,5 kVt/soat lityum temir fosfat batareyasi va 1,5 litrli, 75 kVt quvvatga ega benzinli dvigatel kombinatsiyasida ishlaydi. CLTC standarti bo‘yicha 50 kmgacha elektrda harakatlana oladi, umumiy yurish masofasi esa 1000 km dan oshadi. Yoqilg‘i sarfi NEDC tsikliga ko‘ra 4,3 l/100 km.

Avtomobil o‘lchamlari 4515 x 1725 x 1790 mm, g‘ildirak bazasi – 2850 mm. Asosiy konfiguratsiyada ABS, EBD, LED faralar, 8 dyuymli ekran, konditsioner va xavfsizlik yostiqchalari mavjud.

Wuling rasmiy platformalarida oldindan buyurtmalar boshlangan. Xaridorlarga eski avtomobilni topshirganda chegirmalar va zaryadlovchi qurilmalar sovg‘a qilinmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nio Firefly elektromobili 420 km yurish masofasi bilan taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek