«Octobank» birinchi chorakda sof foydasini 5 barobarga oshirdi

eʼlon qilindi
108,5 mlrd so‘m sof foyda bilan yakunladi
Octobank
Foto: Octobank Google Play sahifasi

«Octobank» 2025-yilning birinchi choragi uchun moliyaviy hisobotni e’lon qilgan birinchi bank bo‘ldi. Bank chorakni 108,5 mlrd so‘m sof foyda bilan yakunladi.

Unga ko‘ra, bank sof foydasi 108,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 397,5 foizga oshgan (2024-yil I choragida – 21,8 mlrd so‘m).

Bankning foizsiz daromadlari joriy yilning birinchi choragida 1,3 trln so‘mdan oshdi. Taqqoslash uchun, butun 2024-yilda bu ko‘rsatkich 3 trln so‘mni tashkil etgandi. Shu bilan birga, foizsiz xarajatlar 1,1 trln so‘mni tashkil etdi (2024-yilda – 2,6 trln so‘m).

Avvalroq Kursiv Uzbekistan TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 2024-yilda 91% ga oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek