«Gazprom» O‘zbekistondagi loyihadan voz kechdi

eʼlon qilindi
Kompaniya Qoraqalpog‘istondagi «Shaxpaxti» konida faoliyat olib borgan
Gazprom
«Gazprom» O‘zbekistondagi loyihadan voz kechdi / Foto: Mehaniq/Depositphotos

«Gazprom»ning shu‘ba korxonasi bo‘lgan «Gazprom zarubejneftegaz» kompaniyasi O‘zbekistondagi «Shaxpaxti» konini qayta o‘zlashtirish bo‘yicha loyihadan voz kechmoqda. Bu haqda «Interfaks» nashri xabar berdi.

Loyihadan voz kechish qarori O‘zbekistondagi shartnoma muddati yakunlangani bilan bog‘liq. «Shaxpaxti» koni Qoraqalpog‘iston hududida joylashgan bo‘lib, u yerda gaz qazib olish ishlari XX asrning 70-yillaridan beri olib borilmoqda.

2002-yilda kon konservatsiya qilingan. Oradan ikki yil o‘tib, O‘zbekiston bu konni qayta o‘zlashtirish bo‘yicha konsorsium bilan 15 yillik shartnoma imzoladi. Konsorsium tarkibiga «Gazprom»ning shu‘ba korxonasi ham kirgan. Keyinchalik gaz qazib olish bo‘yicha shartnoma 2024-yilgacha uzaytirilgan.

Neftegaz.ru portalining ma’lumotlariga ko‘ra, «Shaxpaxti»dagi yillik gaz qazib olish hajmi 350 mln kub metrni tashkil etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Gazprom» 2024-yilni 1 trln rubldan ortiq zarar bilan yakunlagani haqida yozgandi.

Shuningdek