Trampning boyligi o‘zi joriy etgan boj tariflari sababli qariyb $600 mlnga kamaydi

eʼlon qilindi
$4,7 mlrddan $4,1 mlrdga kamaydi
Donald Tramp
Trampning boyligi u joriy etgan tariflar tufayli $600 mlnga kamaydi / Foto: BBC

Donald Trampning boyligi uning davlat kompaniyalari va xususiy xoldinglaridagi aktivlari qiymatining pasayishi tufayli salkam $600 mlnga kamaydi. Bu haqda Forbes nashri xabar bermoqda.

Tramp yangi tariflarni e’lon qilishidan oldin Forbes uning boyligini $4,7 mlrdga baholagan edi. Nashr ekspertlari ham davlat kompaniyalari, ham xususiy xoldinglar aksiyalari qiymatini hisobga olgan.

Forbes nashriga koʻra, aksiyalar narxi pasayishni boshlaganidan soʻng Trampning eng qimmat aktivi – Trump Media and Technology Groupʼning oʻzi $2,2 mlrddan $2 mlrdga pastlagan.

Trampga tegishli tijorat koʻchmas mulki qiymatining pasayishi natijasida yana $90 mln yoʻqotgan. AQSh prezidentiga tegishli diversifikatsiyalangan obligatsiyalar va aksiyalarning qiymati ham tushib ketgan. Hozirda uning boyligi 4,1 mlrdga baholanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp migrantlarga kuniga $998 jarima solmoqchiligi haqida yozgan edi.

Shuningdek