«Matbuot uyi» xususiy investorga berilmagan – Davaktiv

eʼlon qilindi
Mazkur hududda zamonaviy «Media shaharcha» tashkil etilishi belgilangan
Matbuot uyi
Foto: Platforma.uz / Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi «Matbuot uyi» xususiy investorga berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

Prezident qaroriga asosan, ushbu bino va inshootlar O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)ning operativ boshqaruviga berilgan. Hujjatga muvofiq, mazkur hududda zamonaviy «Media shaharcha» tashkil etilishi belgilangan.

Hozirgi kunda binoda demontaj ishlari yakunlangan, qurilish va montaj ishlari uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangan.

«Mazkur hududni sotish rejalashtirilmagan, binolar hamon O‘zA balansida qolmoqda», – deyiladi xabarda.

Rejaga ko‘ra, yaqin vaqt ichida bino to‘liq rekonstruksiya qilinib, barcha davriy bosma nashrlar tahririyatlari «Media shaharcha»ga joylashtiriladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Olmazor tumanidagi qurilishdagi hodisa bo‘yicha rasmiy munosabat bildirilgani haqida yozgandi.

Shuningdek