Filadelfiyada Oʻzbekiston shourumi va savdo ombori ochildi

eʼlon qilindi
850 kv.m hajmdagi omborxonaga ega
Savdo uyi
Filadelfiyada Oʻzbekiston shourumi ochildi / Foto: Savdo sanoat palatasi

Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida Oʻzbekiston shourumi va savdo ombori ochildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.

Unda qurilish materiallari namoyish etilgan boʻlib, u doimiy ravishda 60 turdagi tovarlarni taqdim etadi. Shourum koʻrgazma zal va 850 kv.m hajmdagi omborxonadan iborat.

Savdo-sanoat palatasi shourumni yaratishda uning transport-logistika infratuzilmasiga yaqinligi inobatga olinganini qayd etgan.

2025-yilning mart oyi boshi holatiga koʻra, Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $142,8 mlnni tashkil qildi. Oʻtgan yilning mos davriga koʻra bu koʻrsatkich $115,7 mlnga baholangan.

Eslatib oʻtamiz, «Kursiv» Oʻzbekiston Bishkekda savdo uyini ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek