O‘zbekistonda tarixiy obidalarga kirish uchun «yagona turistik karta» tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Har oyning bitta shanba va yakshanbasi – «oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish» bo'ladi
yagona turistik karta
Respublikadagi tarixiy obidalarga kirish uchun «yagona turistik karta» tashkil etiladi / Foto: Unsplash

O‘zbekistonning barcha tarixiy obidalariga kirish imkonini beruvchi «yagona turistik karta» joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda e’lon qildi.

Shuningdek, har oyning bitta shanba va yakshanbasi – «oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish» kuni etib belgilanadi.

Yoshlar o‘rtasida tashkil etilayotgan turli musobaqalar g‘oliblariga «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat» yo‘llanmasi sovg‘a sifatida beriladi. Ichki turizmni keng targ‘ib qilish ishlari doirasida har yili Davlat budjetidan 20 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. Madaniy meros obyektlari restavratsiyasiga esa kamida $4 mln grant jalb etiladi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda aviatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ham keltirib o‘tildi. Jumladan, prezidentning Fransiyaga tashrifi doirasida 14 ta yangi zamonaviy Airbus samolyotini xarid qilish va beshtasini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Boeing kompaniyasi bilan 12 ta samolyot olib kelish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kapsula uylar qurish va jihozlashga 10 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Shuningdek