Eksportchi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

eʼlon qilindi
Yangi qadoqlash loyihalariga $40,5 mln sarmoya kiritiladi
Eksportchi tadbirkorlarga soliq
Eksportchi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi / Foro: smuayc / www.depositphotos.com

Prezident qarori bilan eksportchi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi. Meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlab sotayotgan tadbirkorlarga soliq yengilliklari taqdim etiladi.

2028-yil 1-yanvargacha ayrim tadbirkorlar uchun soliq stavkalari pasaytiriladi: foyda solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi. Bu imtiyoz faqat quyidagi shartlarga javob bergan tadbirkorlarga tatbiq etiladi:

  • Tadbirkorlar xodimlariga kamida 2 baravar eng kam ish haqi miqdorida oylik to‘lashi lozim.
  • Soliq davrida qadoqlangan mahsulotlardan olingan daromad umumiy tushumning kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.

Bundan tashqari, 2027-yil 1-aprelgacha dukkakli ekinlar uskunalari importida yengillik beriladi. Saralash va yig‘ib olish texnikasiga 1 foizlik bojxona boji qo‘llaniladi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yilda meva-sabzavot eksporti $3,5 mlrdga yetkaziladi. Yana 8 ta davlatga 30 yangi mahsulot uchun fitosanitariya ruxsatnomalari olinadi. 2025-yil istiqbolli bozorlarga $442 mlnlik eksport rejalashtirilgan. 2026-yilda bu ko‘rsatkich $575 mlnga yetkaziladi.

Yangi qadoqlash loyihalariga $40,5 mln sarmoya kiritiladi. Bu orqali 2,1 mln tonna mahsulot qadoqlanadi. Qadoqlangan mahsulot eksportida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Trampning bojlari Oʻzbekistonga qanday ta’sir qilishi haqida xabar bergan edi. 

Shuningdek