Toshkent koʻchalaridan birida transport harakati cheklanadi
eʼlon qilindi
( yangilandi)

10 – 30-aprel kunlari yer osti elektr kabellarini yotqizish munosabati bilan Sultoniya koʻchasining bir qismida avtotransport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar matbuot xizmati xabar bermoqda.

2025-yil 10-aprel soat 10:00 dan 30-aprel soat 17:00 gacha Sultoniya ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidan to Sultoniya 5-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida transport harakati qisman cheklanadi. Harakatlanish bir qatorda amalga oshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentdagi koʻchalardan biri sentabrgacha yopilishi haqida yozgan edi.