«O‘zbekiston Neft va Gaz» jurnali faoliyatini qayta tikladi

eʼlon qilindi
Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan
Foto: «O‘zbekiston Neft va Gaz» jurnali

1996-yildan beri chop etilayotgan «O‘zbekiston Neft va Gaz» jurnali 2024-yilda yangi boshqaruvga – Geo Research & Development Company (GRDC) ilmiy-texnologik markaziga o‘tdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.

Avvalgi yillarda «O‘zbekneftgaz» tizimida faoliyat yuritgan nashr har chorakda chop etib kelinmoqda edi.

Jurnal neft-gaz sohasidagi ilmiy ishlanmalar, ekologiya, raqamlashtirish, energetika va boshqa yo‘nalishlarda dolzarb maqolalar chop etadi. Shuningdek, u Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

2025-yilda jurnalning yangilangan formatdagi ikki soni chop etildi. Tahrir hay’ati raisi Azizbek Nazarov jurnal mazkur sohada ilmiy muloqot, bilim va innovatsiyalar uchun ochiq platformaga aylanayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan neft va gaz quduqlarini sinash kompaniyasi aksiyalari savdoga qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek